Sogʻlom farzand – oilaning baxti
Xalqaro maydonlapda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan yetakchi sportchilap doimo el-yurt ardogʻida. Shu bois, ularning hayoti, oilasi, farzandlari, turmush tapzi koʻpchilikning eʼtiborini tortadi, muxlislarda katta qiziqish uygʻotadi. Chunki ular yosh avlodga har jihatdan oʻrnakdip.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Xalqaro maydonlapda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan yetakchi sportchilap doimo el-yurt ardogʻida. Shu bois, ularning hayoti, oilasi, farzandlari, turmush tapzi koʻpchilikning eʼtiborini tortadi, muxlislarda katta qiziqish uygʻotadi. Chunki ular yosh avlodga har jihatdan oʻrnakdip.
Toshkentlik Maʼmura Muhamedjanova 14 yoshida kamondan otish sport turiga mehr qoʻyadi va Irina Savinich murabbiyligi ostida shugʻullana boshlaydi.
Tuman va shahar miqyosidagi musobaqalarda toblangan Maʼmura uchun 2000 yili oʻta omadli keladi. U dastlab kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritib, mamlakat terma jamoasi aʼzosiga aylangandan soʻng Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti) talabasi boʻladi.
M.Muhamedjanova oʻzining 13 yil davom etgan sportchilik faoliyatida koʻp karra mamlakat chempioni va kubogi sohibi, Xitoy, Eron, Turkiya va Qozogʻistonda oʻtgan xalqaro turnirlarda shohsupaga koʻtarildi.
U sportga boʻlgan mehri tufayli sportchilik faoliyati bilan birgalikda murabbiy sifatida ham ish olib bordi. Dastlab 2001 yilda Chilonzor tumanidagi 22-Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiylik qildi. 2005 yilda esa Samarqand shahridagi yengil sanoat kollejida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib bordi. 2009 yilda Chilonzor tumanidagi 22-Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida uslubchi, 2014-2016 yillarda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishladi.
2016 yilda buyon esa Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Uchtepa tumani 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Inson feʼl-atvoridagi eng yaxshi xislatlar, dunyoqarash, avvalo, oila bagʻrida uygʻonadi. Oilasida bolalikdan sport bilan shugʻullanishga oʻrgangan bola bir umr sportga oshno boʻlib qoladi. Har bir oʻgʻil-qizning eptaga qanday inson boʻlib voyaga yetishi, iqtidorining shakllanishi, nimalapga qiziqishi oiladagi tarbiya bilan chambarchas bogʻliqdip.
Jahongir Mallayev va Maʼmupa Muhamedjanova oilasida ham jismoniy tarbiya va sport farzand tarbiyasining muhim mezoni hisoblanadi. Oilaning yagona farzandi Shahzoda garchi sportchi boʻlmasa-da, har kuni erta tongda badantarbiya bilan shugʻullanishni, mahalla boʻylab yugurishni kanda qilmaydi. Farzandining sogʻlom turmush tarziga rioya qilishi Maʼmuraga katta zavq bagʻishlaydi.
– Davlatimiz rahbari navqiron avlodni, ayniqsa, qizlarimizni yoshlikdan sportga jalb etish masalasiga yanada jiddiy eʼtibop qaratish lozimligini taʼkidlaydi, – deydi M.Muhamedjanova. – Men ham hayotda “Sogʻlom ona – sogʻlom bola” tamoyiliga amal qilaman. Shuning uchun ham farzandimning ongiga jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni bolaligidan singdirganman. Toʻgʻri, u professional spoptchi yoki kelajakda chempion boʻlmasligi mumkin, lekin jismonan sogʻlom, ruhi tetik boʻlib voyaga yetishi mening murabbiy va ona sifatida eng muhim yutugʻim boʻladi.
– Men harbiy boʻlganim bois, spopt va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanib turaman. Shu sababli ham bizning oilamizda sport hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Qizalogʻimizni sportga oshno qilib voyaga yetkazmoqdamiz, – deydi turmush oʻrtogʻi J.Mallayev. – Rafiqamning erishgan yutuqlariga havas qilaman. Sogʻlom turmush tarzini tanlagan inson kasallik nima ekanini bilmaydi.
Spopt sohasidagi faoliyatida katta yutuqlarga erishgan Maʼmura endi oʻz farzandi, shogirdlarini sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash yoʻlida xizmat qilmoqda.