“Soʻz xiyoboni”da sayr eting
“Fan“ nashriyoti tilimizning oʻziga xos jihatlarini tarannum etgan “Soʻz xiyoboni“ kitobini chop etdi.
Yangi kitob
“Fan“ nashriyoti tilimizning oʻziga xos jihatlarini tarannum etgan “Soʻz xiyoboni“ kitobini chop etdi.
Oʻzbek tili – qudratli til. Bir necha asrlik shonli tarixga ega tilimizning oʻz nozikliklari, jilosi, zalvori bor, deya taʼriflashadi tilshunos olimlar. Kitobni mutolaa qilsangiz, ushbularning naqadar toʻgʻri ekanligini anglaysiz
Ushbu kitob filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov tomonidan nashrga tayyorlangan, tarix fanlari doktori, professor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev masʼul muharrirligida chop etilgan.
Kitobda adiblarning soʻz taʼrifidagi fikr-mulohazalari, ularning badiiy soʻz, asarlari tili toʻgʻrisida adabiyotshunos, tilshunos olimlar yozgan maqolalar jamlangan. Majmua ona til qadri, adabiy tilning taraqqiyot bosqichlarida mumtoz va zamonaviy adiblarning tarixiy xizmatlarini tasavvur qilishga yordam beradi. Yosh filolog olimlar, boʻlajak ijodkorlar, umuman, badiiy soʻzga befarq boʻlmagan barcha kitobxonlar uchun mazkur kitob qiziqarli boʻlishi tabiiy.