Sky Sports superkompyuteri «Arsenal»ni yana chempion deb topdi
Superkompyuter ikkinchi o‘ringa yana «Manchester Siti»ni qo‘ymoqda.
Sky Sports jurnalistlari superkompyuter yordamida Angliya Premyer Ligasining 2026/27-yilgi mavsumi uchun prognoz tayyorladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Arsenal» chempionlik unvonini himoya qiladi va mavsumni taxminan 85 ochko bilan yakunlaydi.
Superkompyuter ikkinchi o‘ringa yana «Manchester Siti»ni qo‘ymoqda. Manchesterliklar mavsum davomida taxminan 82 ochko jamg‘arishi kutilmoqda.
Prognozdagi turnir jadvali quyidagicha:
«Arsenal»
«Manchester Siti»
«Liverpul»
«Manchester Yunayted»
«Chelsi»
«Tottenhem»
«Aston Villa»
«Bornmut»
«Brayton»
«Brentford»
«Everton»
«Fulhem»
«Nyukasl»
«Lids»
«Sanderlend»
«Kristal Pelas»
«Nottingem Forest»
Quyi uchlikdan esa «Koventri Siti», «Ipsvich Taun» va «Hall Siti» joy olishi kutilmoqda.
Aynan shu uch jamoa o‘tgan mavsum Chempionshipdan Premyer Ligaga yo‘llanma olgan edi.