Sirkulyar iqtisodiyotda “policy mix” mexanizmining ahamiyati
Zokir Rustamovich SODIKOV dotsent iqtisodiyot fanlari nomzodi Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Toshkent, Oʻzbekiston ORCID 0000-0002-0195-4573 z.sodiqov@iiua.uz
Annotatsiya
Maqolada sirkulyar iqtisodiyot sharoitida “policy mix” mexanizmining mazmuni, ahamiyati va amaliy qo‘llanish jihatlari tahlil qilingan. Xususan, turli iqtisodiy, huquqiy va institutsional siyosat vositalarining o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida “policy mix” yondashuvining samaradorligi baholangan hamda uni milliy iqtisodiyotga joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan.
Tayanch so‘zlar: sirkulyar iqtisodiyot, policy mix, barqaror rivojlanish, ekologik siyosat, resurs samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, innovatsion yondashuv, institutsional mexanizmlar, yashil iqtisodiyot.