Sirdaryolik sektor rahbarlari “Muruvvat uyi”da bo‘ldi
Yangi yil bayrami arafasida Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev – viloyat sektor rahbarlari hamrohligida Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagilar holidan xabar oldi.
“Muruvvat uyi” hovlisida jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. Ushbu shifo maskanidagi vasiylikga olingan nogiron ayollarga Yangi yil bayrami arafasida ehsonlar ulashilib, salomatlik maskani shifokorlariga yangi yil sovg‘alari topshirildi.


Ayni paytda ushbu “Muruvvat uyi”da 250 nafar vasiylikka olingan aqliy va ruhiy xasta, jismonan o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bo‘lgan ayollarga fidoiy 4 nafar shifokor, 33 nafar hamshira tunu-kun mehr-muruvvat ko‘rsatib kelayotir.
“Muruvvat uyi”dagilar uchun yangi yil bayrami dasturxoni bezatilib, to‘y oshi damlandi. Viloyat sa’natkorlarining konsert dasturi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.


A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA