Sifatli qurilish materiallari tayyorlanmoqda
Mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng sharoit va imkoniyat yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibordan Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari ham samarali foydalanmoqda.
Mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng sharoit va imkoniyat yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibordan Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari ham samarali foydalanmoqda.Tayloq tumanidagi “Sam mexanik ko‘chma karvon” mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shunday korxonalardan. Tumandagi bunyodkorlik ishlarida faol qatnashayotgan korxonada keyingi yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish yuzasidan istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yildan korxonadatemir-beton plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
– Yurtimizda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib borayotgani natijasida qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj oshmoqda, – deydi korxona rahbari Tolib Zugurov. – Ayniqsa, qishloqlarda namunaviy loyiha asosida barpo etilayotgan uy-joylar va boshqa obyektlarning tom qismini yopishda zarur bo‘lgan temir-beton plitalarga talab juda yuqori. Shundan kelib chiqib, “O‘zsanoatqurilishbank”dan olingan kredit mablag‘i hisobidan korxona qoshida ushbu qurilish materialini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozir bu yerda oyiga 150 donagacha temir-beton plita tayyorlanib, qurilish tashkilotlariga yetkazib berilmoqda. Yangi sexning ishga tushirilishi bilan o‘n nafar yosh ish bilan ta’minlandi.
Jamiyat qoshida zamonaviy eshik-romlar ishlab chiqarish sexi ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Kelgusida korxonada tayyorlanayotgan qurilish materiallari hajmi va turini yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.