Sianda Samarqand taqdimoti
Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida o‘tkazilayotgan uchinchi O‘zbekiston – Xitoy hududlararo hamkorlik forumida Samarqand viloyatidan ham tuman va shaharlar hokimlari, tadbirkorlar va biznes doira vakillari ishtirok etmoqda.
Forumda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion imkoniyatlari haqida taqdimot qildi.



Shuningdek, taqdimot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
G‘. Hasanov, O‘zA