Si Szinpin Pxenyanda (+video)
Xitoy raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga keldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Tashrif Pekin va Pxenyan o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomasining 65 yilligi munosabati bilan o‘tmoqda. Ma’lum qilinishicha, Xitoy rahbari 8-iyun kuni ertalab Pxenyanga yetib kelgan.
Tashrif oldidan Pxenyanda katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Ko‘chalarda Si Szinpinning portretlari, shuningdek Xitoy va KXDR davlat bayroqlari o‘rnatilgan. Shaharda ikki davlat do‘stligiga bag‘ishlangan xitoy va koreys tillaridagi bannerlar ham joylashtirilgan.
Xitoy rahbarining bundan oldingi Shimoliy Koreyaga tashrifi 2019-yil bo‘lib o‘tgan edi. Shundan beri u mamlakatga rasmiy safar bilan bormagan.
Mart oyida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy bilan do‘stlik va hamkorlik yanada mustahkamlanishini ta’kidlagan edi. U lavozimga qayta saylangani munosabati bilan qutlagan Xitoy rahbariga minnatdorlik maktubi yo‘llab, buni qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat belgisi deb atagan edi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ontXHUjLHiI" title="Si Szinpin Pxenyanda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salim Obidjonov, O‘zA