Shveysariya Markaziy Osiyo uchun yangi hamkorlik dasturini ishga tushirdi (+video)
Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Markaziy Osiyo uchun 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan yangi xalqaro hamkorlik dasturi rasman ishga tushirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston hukumati vakillari, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xususiy sektor vakillari ishtirok etib, dastur doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu dastur Shveysariyaning Markaziy Osiyodagi ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatidagi rolini yanada mustahkamlashini alohida ta’kidlashdi.
Mazkur dastur qariyb 200 million AQSH dollari miqdoridagi byudjetga ega bo‘lib, ikki asosiy yo‘nalishni qamrab oladi. Birinchi yo‘nalish suv va energiya resurslarini samarali boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ikkinchi yo‘nalish esa barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, jumladan yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7yV9_U5fvDw" title="Shveysariya Markaziy Osiyo uchun yangi hamkorlik dasturini ishga tushirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov (video), O‘zA