Shvetsiyada “unutilmas” jinoyat sodir etildi
Yaqinda qurollangan shaxs Shvetsiyaning Urebro shahrida kamida 10 kishini otib o‘ldirdi va bir necha kishini yaraladi.

– Bu jinoyat mamlakat bosh vaziri tomonidan “Shvetsiya tarixidagi eng yomon ommaviy otishma” deya ta’riflandi”, -deb yozmoqda “SNN” nashri.
Otishma Risbergska hududidagi maktablardan biridi sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘quvchilarning parta ostiga berkinayotgani va ogohlik signallari chalinayotgani aks etgan.

Holatni bartaraf etishga 130 ga yaqin politsiyachi safarbar qilingan.
Musulmon Ziyo, O‘zA