Shri-Lankada neft ortilgan supertanker yonib ketdi
Taxminan 2 million barrel neft ortilgan New Diamond tankeridagi yongʻin davom etmoqda.
Payshanba kuni Shri-Lankaning sharqiy qirgʻogʻida neft supertankeri yonib ketdi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Taxminan 2 million barrel neft ortilgan New Diamond tankeridagi yongʻin davom etmoqda. Tanker bortida 23 ekipaj aʼzosi boʻlgan, ulardan biri halok boʻlgan, qolganlari qutqarilgan.
Kemadan neft toʻkilgani haqida xabar yoʻq. Yongʻinni uchirishga Rossiya dengiz floti va Hindistonning qirgʻoq qoʻriqlash kemalari jalb qilingan.