Shokolad dunyosiga sayohat: Siandagi qiziqarli tajriba (+video)
Ko‘pchilik uchun shokoladlar nafaqat shirinlik, balki emotsional va psixologik quvvat manbaidir. Shokoladga qiziqish turli sabablarga bog‘liq. Masalan bu kabi shirinliklar tarkibida dofamin va serotonin moddalari borligi sababli insonlarga ruhiy quvvat va kayfiyat bag‘ishlaydi, mazasi va xushbo‘yligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Shokoladda shakar va kakao borligi tufayli u tez energiya beradi. Shuning uchun odamlar uni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi.
Sian shahridagi shokolad muzeyi (Chocolate Museum)ga tashrifimiz chog‘ida shokolad nafaqat shirinlik, balki turizmni rivojlantirishda ham muhim vosita bo‘lishi mumkinligini angladim.
Mazkur muzey Xitoyga tashrif buyuruvchi sayyohlarning eng qiziqarli maskanlaridan biriga aylangan.
Muzeyning asosiy xususiyatlari shundaki, u yerda shokoladdan yasalgan haykalchalar, mashhur binolarning maketlari va turli ko‘rgazmalar namoyish etiladi. Mehmonlar shokolad tayyorlash jarayonini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishlari va hatto kichik master-klasslarda ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari muzeyda bolalar va kattalar uchun turli interaktiv o‘yinlar, degustatsiyalar tashkil qilinadi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, muzeyga kuniga yuzlab odamlar tashrif buyuradi. Bu maskan mahalliy madaniy hamda gastronomik tajribani boyitishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, shokolad muzeylari jahonning bir necha mamlakatlarida tashkil qilingan va ular turizm uchun mashhur joylarga aylangan. Xususan, Belgiya dunyoda mashhur shokolad ishlab chiqaruvchi davlat, muzeylarida shokolad tayyorlash tarixi va master-klasslar bor. Shuningdek, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, AQSH, Italiya va Ispaniya kabi rivojlangan davlatlarda ham shokolad tarixi va san’atiga bag‘ishlangan muzeylar mavjud.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pIlDmW1lfjg" title="Shokolad dunyosiga sayohat: Siandagi qiziqarli tajriba" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, Iskandar Ismatov, O‘zA
Xitoy, Sian