Shohjahon Ergashev Moskvada ringga koʻtariladi
Professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq boʻldi.
Professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq boʻldi.
Shohjahon 16-noyabr kuni Moskvadagi “Vegas City Hall” arenasida belaruslik bokschi Dimitriy Milyushaga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang “Match TV”, “iboxing” hamda “Boyes” telekanallari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Shohjahon Ergashev professional boksda jami 18 ta jang oʻtkazib, ulardan 16 tasida nokaut evaziga gʻalaba qozongan. Ikki jangida ochkolar hisobida ustun kelgan. Uning boʻlajak raqibi Dimitriy Milyusha esa 9 ta jangdan 5 tasida zafar quchgan, 1 ta durang qayd etgan, 3 ta jangda magʻlubiyatga uchragan.