Shofirkonda g‘o‘za nishonalari yerdan bosh ko‘tardi
Buxoro viloyati Shofirkon tumani Vardonze hududida joriy yilda hududdagi paxtachilikka ixtisoslashgan 73 ta fermer xo‘jaligida mavsum boshidan paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha yer tayyorlash, sho‘r yuvish ishlarini o‘z vaqtida ado etdi.
2021 yilda hududdagi paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 1 ming 412 gektar maydondan “oq oltin” yetishtirish rejalashtirilgan. Mutaxassislar tavsiyasi hamda omilkorlik bilan olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar natijasida tumanda birinchilardan bo‘lib qilingan mehnatning ilk nishonasi ko‘rindi.
Buni hududdagi “Azim – Shofirkon yulduzi” xo‘jaligi misolida ko‘rish mumkin. Bugun qator oralariga ekilgan 65 gektardan iborat paxta maydonlarida chigit unib, g‘o‘za nishonalari yerdan bosh ko‘tardi.
Endilikda g‘o‘zaga ishlov berish, oziqlantirish, kultivatsiya kabi tadbirlarni olib borishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Zarif Komilov, O‘zA