Shifoxonada qulay sharoitlar yaratildi
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax shahar tibbiyot birlashmasining terapiya va bolalar bo‘limi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda viloyat va shahar hokimliklari, viloyat va shahar sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Tadbirda Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonni qurishda barcha soha va tarmoqlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yorqin samarasini berayotgani, xalqaro talab va andozalarga mos tizim yaratilgani va bu borada ishlar jadallik bilan olib borilayotganini ta’kidladi.


Foydalanishga topshirilgan terapiya va bolalar bo‘limi zamon talablariga mos, jahon standartlari asosida qurilgan bo‘lib, fuqarolar uchun barcha qulayliklarga ega.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari