SHHT mamlakatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi forumi bo‘lib o‘tdi
Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida “SHHT tashabbuslarini amalga oshirishda yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasining roli” mavzusida SHHT mamlakatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti vakillari ham ishtirok etdi.
Xususan, Institut direktorining birinchi o‘rinbosari R.Xursanov “SHHT makonida yuridik kadrlar tayyorlash: yangi yondashuvlar, raqamlashtirish va xalqaro hamkorlik” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashib, yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari tadbirlarda faol ishtirok etib, SHHT davlatlari yuridik ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Forum doirasida yuridik ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi, intellektual mulk, sun’iy intellekt, sarmoya huquqi hamda SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
G.Boboyeva,
O‘zA