Shaxmatchilar va o‘qituvchilarning taqdirlanishi, pensiya xizmatlarining raqamlashtirilishi hamda Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabalar – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan shaxmat va parashaxmat terma jamoasi a’zolari hamda ta’lim-tarbiya tizimi xodimlarining taqdirlangani, G‘uzor tumanidagi maktabda o‘quvchilar zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, shuningdek, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan pensiya ta’minotiga oid xizmatlarning interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkzilishi, Yaponiyada davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayevning jahon rekordini yangilab oltin medalni qo‘lga kiritgani, shuningdek, Xitoydagi xalqaro turnirda bokschi yoshlarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etgani o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA