Shaxmat: Magnus Karlsen finalda kim bilan raqobatlashadi?
Bugun, 25-aprel kuni kibersport bo‘yicha 2026-yilgi jahon kubogi (Esports World Cup) uchun saralash musobaqasi “Chess.com Open-2026”ning mag‘lublar yo‘lagi chorak finalida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Nihal Sarin bilan kuch sinashadi.
Onlayn tarzda o‘tayotgan turnirning 1/8 bosqichi ilk bahsida AQSH vakili Samuel Sevianni mag‘lub etgan Nodirbek 1/4 finalida belaruslik Denis Lazavikka imkoniyatni boy berdi va o‘tish musobaqasining 2-raundida Yan Nepomnyashiyni, undan keyin fransiyalik Maksim Vashe Lagravni 1,5:0,5 hisoblarida dog‘da qoldirdi.

O‘z navbatida, 1/8 finaldan muvaffaqiyatli o‘tgan sobiq jahon chempioni niderlandiyalik Magnus Karlsen Denis Lazavikni, polshalik Yan-Kshishtof Dudani mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bugun Nodirbek Abdusattorov - Nihal Sarin va Denis Lazavik-Sina Mavaxed(Eron) to‘qnashuvida keyingi bosqich ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi.
Shu o‘rinda aytish lozim, eronlik 15 yoshli Mavaxed ushbu musobaqaning saralashlari davomida hindistonlik Arun va rossiyalik Daniil Dubovdan ustun kelgan bo‘lsa, Yan-Kshishtof Dudaga imkoniyatni boy bergan.
Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSH dollaridan iborat turnir 26-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA