Shaxmat bo‘yicha mamlakat chempionati davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Shaxmatning standart yo‘nalishida boshlangan bellashuvlarda 5 ta tur o‘ynaldi. Unga ko‘ra, Malika Jumayeva, Osiyo Jumanazarova, Afruza Hamdamova, Ozoda Shahzodova, Islom Hikmatov, Xondamir Elmirzayev, Behruz Umarov, Rasulbek Abdullayev kabi shaxmatchilar o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda.
Standart yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlangach (15 fevral), 188 nafar shaxmatchi rapid (16 fevral) va blits (17 fevral) bo‘yicha ham imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi.
[gallery-15917]
O‘zbekiston chempionati bahslari 17 fevralga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (curat), O‘zA