Shavkatjon Boltayev - Osiyo o‘yinlari sovrindori
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida bokschilarimiz 3 bronza medalga ega chiqdi.
Jumladan, musobaqaning erkaklar o‘rtasida -70 kg. vazn toifasidagi vakilimiz Shavkatjon Boltayev yarim final bosqichida qozog‘istonlik Torexan Sabirxanga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 14 ta oltin, 17 tadan kumush va bronza, jami soni 48 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA