Sergey Fomin Turkiyada ikkinchi bo‘ldi
Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin munosib himoya qildi. Sergey musobaqaning finaliga qadar Maks Xuksni (Gollandiya), Lucho Karnevalleni (Argentina), Denis Klokni (Rossiya), Yevgeniy Tyurnevni (Rossiya) mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l olgan edi.
Yakkalik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida S.Fomin qozog‘istonlik tajribali Dmitriy Popkoga 4:6, 6:3, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa vitse-chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA