Sergey Fomin “Challenger” turnirini g‘alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilayotgan “ATP Challenger 50” toifasidagi nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida ukrainalik Vladislav Orlovga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 3:6, 6:3 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Sergey keyingi bosqichda Avstriya vakili Sandro Kopp bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, Sergey Fomin turnirning juftlik bellashuvlarida yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi raqibi Vladislav Orlov bilan tandem hosil qildi va ular ilk davrada yosh tennischimiz Nikita Belozersev va ukrainalik Aleksey Krutix duetiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA