Senegal Afrika millatlar kubogining ilk finalchisi bo‘ldi
Afrika millatlar kubogi eng qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun yuqori natija qayd etgan to‘rt jamoa yarim final bosqichiga yo‘l olgan edi.
Kuni kecha yarim final bosqichining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Burkina Faso va Senegal terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur bahsda Senegal raqiblari ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Senegalliklar safida Diallo, Guye va Mane raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa Burkina Fasoning yagona goliga Ture mualliflik qildi.
Shu tariqa, Senegal Afrika millatlar kubogining ilk finalchisiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun tunda yarim final bosqichida Kamerun hamda Misr terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA