Senatorlar Tramp va uning advokati bilan uchrashdi
Sobiq prezident Donald Tramp AQSH parlamentining uch nafar senatori bilan uchrashdi. Mazkur o‘ziga xos bahsli muloqotga Trampning advokati Devid Shoun va boshqa ko‘plab huquqshunoslar ham guvoh bo‘ldi.
Yig‘ilishda, asosan, Donald Trampning impichmenti, uning kelgusida davlat tashkilotida faoliyat olib borishi yoki aksincha, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi bilan bog‘liq masalalar haqida mulohaza yuritildi.
Advokat Devid Shounning ta’kidlashicha, konferensiyada qatnashgan senatorlar do‘stona munosabat namoyon etishgan. Ularning impichment bo‘yicha raddiya berish arafasida ekanliklari ham haqiqatga yaqin emish.
Demak, ba’zi senatorlar Trampning siyosiy kelajagi uchun ovoz berish va sobiq prezidentni oqlash, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.