Sayyor qabulda fuqarolar muammolari tinglandi
Ma’lumki, aholi muammolarini tizimli o‘rganish va ularni qonuniy hal etish maqsadida davlat organlari rahbarlari, hokimliklar hamda Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova tomonidan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari bilan birgalikda qonunchilik doirasida zarur tushuntirish va ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, murojaatlarni qonuniy va adolatli hal etish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bugungi kunda aholi muammolarini tizimli o‘rganish hamda ularga joyida qonuniy yechim topishda davlat organlari rahbarlarining shaxsiy va sayyor qabullari muhim platforma vazifasini bajarmoqda.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA