Saylovga tayyorgarlik jadallashmoqda
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi navbatdagi saylovoldi tadbirini o‘tkazdi.
Saylov – 2019
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi navbatdagi saylovoldi tadbirini o‘tkazdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bu yilgi saylov kampaniyasi “Yangi O‘zbekiston, yangi saylov” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Partiya o‘z g‘oyalarini hayotga izchil tatbiq etgan holda saylovda faol ishtirok etishni, parlamentda eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. “Inson o‘zgarsa – jamiyat o‘zgaradi” shiori ostida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga ko‘maklashish, ta’lim va tarbiya sifati uzluksizligini ta’minlashga e’tibor qaratish, milliy qadriyatlarni aholi orasida keng tatbiq etish partiyaning ustuvor maqsadlaridan sanaladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi mamlakatimizda aholi o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash hissini o‘stirishga harakat qilar ekan, tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish va yanada ko‘paytirishga ko‘maklashish, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini o‘rganish, ushbu boyliklarni yosh avlod o‘rtasida keng miqyo¬sda targ‘ib etish, yoshlarda tarixiy meros va xalq an’analariga hurmat, ehtirom uyg‘otish kabi keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Ayni kunlarda partiya tashkilotlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” shiori ostida turli targ‘ibot tadbirlari, aksiyalar o‘tkazilmoqda.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdi.