Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hisham as-Suvaylimni qabul qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Saudiya tomonining yuqori darajada ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zA