San’atga oshufta qalblar maskani
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida bugungi kunda 358 nafar o‘g‘il-qiz o‘zi qiziqqan san’at yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
– Muassasamiz 2013-yilda to‘liq qayta qurilib, zarur sharoitlar yaratilgan, - deydi maktab-internat direktori Gulfinso Qo‘chqorova. – Ta’lim maskanimiz 300 o‘ringa mo‘ljallangan, bo‘lib o‘quvchilarimiz 9 ta tasviriy va amaliy san’at turlari va musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha bilim olmoqda. O‘quvchilarimizga o‘zi qiziqqan san’at yo‘nalishlarini puxta egallashi uchun maktabimizda yetarli sharoitlar mavjud. Yurtimizda badiiy ijodiyotga, san’atga qaratilayotgan yuksak e’tibor, o‘quvchilarimiz o‘rtasida ushbu yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishni ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Maktab jamoasining tinimsiz mehnatlari samarasi o‘quvchilarning respublika va xalqaro maydonlarda ham yuksak natijalarida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan Kamoliddin Behzod izdoshlari, Ranglarda aks etgan Vatan madhi, deb nomlangan tanlovlarda kulolchilik, dastgohli rang-tasvir, libos dizayni yo‘nalishlarida birinchilikni qo‘ldan bermay qolmoqda.
[gallery-16801]
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA