Samoda yangi radiotebranishlar qayd etildi
Kanadaning CHIME observatoriyasi mutaxassislari oʻttizta tezkor, jumladan, bitta takroriy radiotebranishlarni qayd etishdi.
Kanadaning CHIME observatoriyasi mutaxassislari oʻttizta tezkor, jumladan, bitta takroriy radiotebranishlarni qayd etishdi.Bu haqdagi maʼlumotlar Nature jurnalida maʼlum qilingan. Astronom Ingrid Steyrsning taʼkidlashicha, shu paytgacha birgina nuqtada takroriy signaltebranishlarigina kuzatilardi. Endi esa bunday signallarning ikkinchisi koinotdagi kashfiyot daragini bermoqda. Signallar juda katta kuchlanishga ega boʻlib, Yerdan ancha uzoq masofadan kelayotgani aniqlangan.