Samarqandlik qizlar peshqadam
Toshkent viloyati Qibray tumani markaziy stadionida ayollar futbol jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston VII milliy chempionatining V tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Qibray tumani markaziy stadionida ayollar futbol jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston VII milliy chempionatining V tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan tur yakunlariga ko‘ra, Samarqandning “Dinamo plyus” jamoasi 38 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda borayotgan “Sevinch-2” (Qarshi) va “Navbahor W” (Namangan) jamoalari 34 va 29 tadan ochko jamlagan.