Samarqandda terma jamoaga nomzodlar saralanadi
Bugun – 16 mart kuni Samarqand shahrida sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi.
Kecha chempionat oldidan hakamlar, jamoa vakillari uchun seminar hamda mandat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
– Chempionatda respublikamizning turli hududlaridan 260 nafarga yaqin yosh sambochilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Bahslar yigitlar va qizlar o‘rtasida 14 ta (yigitlar 7 ta, qizlar 7 ta) vazn toifasida tashkil etilmoqda, – deydi O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov.
Joriy yilning 18 martiga qadar davom etadigan bellashuvlarda sambo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar kengashi munosib nomzodlarni aniqlab olishadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA