Samarqandda bayram sayillari boshlandi
O‘qituvchi va murabbiylar kuni bu yil mamlakatimizda o‘zgacha nishonlanmoqda.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni bu yil mamlakatimizda o‘zgacha nishonlanmoqda.
Bu yil bayram tadbirlari ham shunchaki yig‘ilish va tantanali marosimdan iborat bo‘lib qolmay, joylarda keng xalq ommasi ishtirokida, sayil tarzida ham nishonlanmoqda.
Bugun Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida ham bayram sayillari erta tongdan boshlandi.
Viloyatdagi ta’lim muassasalari tomonidan kasb va mutaxassisliklar ko‘rgazmalari, musiqa va san’at, sport maktablari o‘quvchilari tomonidan madaniy va sport dasturlari namoyish etilmoqda.
Sayilda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ham ishtirok etib, qatnashchilarni bayram bilan tabrikladi. O‘qituvchi, talaba va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.