Rustam Qosimjonovning muvaffaqiyati
Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich bahslari davom etmoqda.
Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich bahslari davom etmoqda.Musobaqada dunyoning eng kuchli 12 grossmeysteri – o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov, rossiyalik Yevgeniy Tomashevskiy, Aleksandr Grishuk, Dmitriy Andreykin, Dmitriy Yakovenko, Pyotr Svidler, ozarbayjonlik Shahriyor Mamedyarov, Teymur Rajabov, gollandiyalik Anish Giri, fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav, kubalik Lener Dominges Peres va gruziyalik Baadur Yobava bir davrali tizimda o‘zaro raqobatlashmoqda.
Musobaqaning ikkinchi turida shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov ozarbayjonlik Shahriyor Mamedyarovni qora donalarda mag‘lubiyatga uchratdi va mazkur turda g‘alaba qozongan yagona shaxmatchi bo‘ldi. Qolgan bahslarda durang natija qayd etildi.
Shu tariqa Rustam Qosimjonov 1 ochko bilan o‘n ikki nafar grossmeyster orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Rossiyalik Yevgeniy Tomashevskiy, Aleksandr Grishuk va gollandiyalik Anish Giri 1,5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida kuchli uchlikda bormoqda. R.Qosimjonov uchinchi turda Anish Giri bilan bahslashadi.