Ruslan Qurbonov omadsizlikka uchradi
Erta tongdan vakillarimiz orasida Ruslan Qurbonov yengil atletikaning uch hatlab sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qildi.
Afsuski, vakilimiz berilgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi va musobaqani natijasiz yakunladi. Shu tariqa 2019 yil Osiyo chempioni bo‘lgan Qurbonov uchun joriy Olimpiada muvaffaqiyatsiz o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Qurbonov joriy mavsum 17.03 metr natija bilan o‘zining shaxsiy rekordini yangilashga erishgan edi.
O‘zA