Rossiyaning robot tanki, Saudiya Arabistonidagi o‘lim jazosi va flydubai bilan bog‘liq xavf
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Rossiya armiyasi “Markaz-2026” harbiy mashg‘ulotlarida ekipajsiz “Shturm” tankini namoyish etgani, Fransiyada Salvador Dali yaratgan, og‘irligi 150 kilogramm bo‘lgan noyob kitob muqovasi muzeydan o‘g‘irlangani, Saudiya Arabistonidagi Facebook’dagi izohi uchun Shri-Lanka fuqarosiga o‘lim jazosi tayinlangani hamda AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyadagi o‘lat xavfi haqida. bayonot bergani to‘g‘risida so‘z boradi.
Shuningdek, Isroilning 150 nafardan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan Flydubai samolyotini urib tushirish variantini ko‘rib chiqqani va Fransiyada o‘quvchilar namoyishi vaqtida 15 yoshli o‘smir qo‘lidan ayrilgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan. Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Oybek Davronov. O‘zA