Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.
