Rossiya prezidenti: “Qorabog‘ ham Ozarbayjon aslida”
Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat ichki ziddiyat tufayli keskinlashdi.
“Bunga ishonchim komil”, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumanida.
Uningcha, ziddiyatlar pirovardda harbiy to‘qnashuvni keltirib chiqargan. “Qorabog‘ ham Ozarbayjon aslida. Xalqaro huquq nuqtai nazaridan shunday. Uning tegrasidagi 7 tuman Ozarbayjonga qaytarilishi kerak. Ayni paytda Qorabog‘ning maqomi saqlab qolinadi. O‘q otishni to‘xtatish bo‘yicha uch tomonlama kelishuv muhim ahamiyat kasb etdi”, deb ta’kidladi Putin.
Ziddiyatda Turkiyaning roli haqida gapirarkan, Putin Anqara avval-boshidanoq Ozarbayjonning 1990 yillarda bosib olingan hududining qaytarilishi bo‘yicha pozitsiyani himoya qilib chiqqanini eslatdi.