Rossiya bugʻday eksportini toʻxtatdi
Rossiya boshoqli don mahsulotlari eksportini 1-iyulgacha toʻxtatadi.
Rossiya boshoqli don mahsulotlari eksportini 1-iyulgacha toʻxtatadi. Ushbu qaror Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa aʼzo mamlakatlariga tegishli emas, deb xabar qiladi mamlakat qishloq xoʻjaligi vazirligi.
Mart oyining oxirida hukumat bir qator boshoqli don mahsulotlariga kvota kiritish haqida qaror qabul qilgan edi. Uning miqdori yetti million tonnani tashkil etadi.
Vazirlikning taʼkidlashicha, bu kabi choralar boshoqli don mahsulotlari narxini barqarorlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, qaror mamlakatning ushbu mahsulotlarga boʻlgan ichki ehtiyojini taʼminlashga ham yordam beradi.