Ronaldo Nazario: Neymar ushbu jahon chempionatiga qurbon sifatida keldi
Sobiq hujumchining so'zlariga ko'ra, uning vatandoshi shunchaki Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan joy olish uchun juda katta qurbonliklar berishiga to'g'ri kelgan.
Ikki karra jahon chempioni Ronaldo Nazario nima sababdan Neymar 2026-yilgi jahon chempionatida o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmaganini tushuntirdi. Sobiq hujumchining so'zlariga ko'ra, uning vatandoshi shunchaki Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan joy olish uchun juda katta qurbonliklar berishiga to'g'ri kelgan.
"U ushbu jahon chempionatiga qurbon sifatida keldi. Uning ikki yillik og'ir jarohatlardan so'ng safga qaytganini unutmaslik kerak. U klubiga qaytadi va yana o'ynashni boshlaydi. O'yin ritmini tiklab, ketma-ket 10-15 ta uchrashuvda maydonga tushadi. Yana gollar ura boshlaydi va o'ziga bo'lgan ishonchni qaytaradi", — deya Ronaldoning so'zlarini "TNT Sports Brasil" nashri keltirmoqda.
Braziliya terma jamoasi nimchorak final bosqichida Norvegiyaga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi. Neymar mazkur turnir doirasida o'tkazilgan ikkita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.