Ronaldo Nazario: “Jahon chempionatida hammasini jismoniy holat hal qiladi”
Futbolga bo‘lgan mehrimiz va abadiy o‘ynash istagimizga qaramay, oxir-oqibat hammasini tana hal qiladi.
Ikki karra jahon chempioni Ronaldo Nazario Krishtianu Ronalduning JCH–2026dagi o‘yiniga baho berdi.
"Balki u hali Saudiya Arabistonida o‘ynay olar. Ammo jahon chempionatida o‘ynash ancha qiyin, bu yerda saviya juda yuqori.
Futbolga bo‘lgan mehrimiz va abadiy o‘ynash istagimizga qaramay, oxir-oqibat hammasini tana hal qiladi.
Hozir men futbol o‘ynamayman, chunki miyam hali ko‘p narsani qilishni istaydi, ammo tanam bunga dosh bera olmaydi", — dedi Ronaldo Nazario.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan JCH–2026 nimchorak finaligacha yetib bordi. Portugallar bu bosqichda Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi.
Ronaldu turnir davomida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.