Ris Jeyms: “Biz muxlislar og‘rig‘ini his qilyapmiz, chunki uni o‘zimiz ham boshdan kechiryapmiz”
Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan kelgan barcha muxlislarga rahmat.
Angliya terma jamoasi himoyachisi Ris Jeyms JCH–2026 yarim finalida Argentinaga (1:2) mag‘lub bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qildi.
"Barchamiz sevadigan bu go‘zal o‘yin ba’zida juda shafqatsiz bo‘ladi. Biz maqsadga juda yaqin edik, ammo baribir unga yeta olmadik. Bu aynan bizning vaqtimiz ekaniga chin dildan ishongandik. Balki shuning uchun ham bu mag‘lubiyatni qabul qilish juda og‘ir.
Jahon chempionatida ilk bor Angliya terma jamoasi libosini kiyish men hech qachon unutmaydigan sharaf bo‘ldi. Bu men uchun so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan darajadagi faxr.
Hozir, albatta, hafsalamiz pir bo‘lgan. Ammo shunday lahzalar insonni o‘rganishga, o‘sishga va xulosa chiqarishga majbur qiladi.
c Ko‘pchiligingiz bu turnirni biz bilan birga boshdan kechirish uchun yillar davomida mablag‘ yig‘dingiz va biz kabi bu yil nihoyat bizniki bo‘lishiga ishondingiz.
Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, ishtiyoqingiz va jamoamizga bo‘lgan ishonchingizni hech qachon e’tiborsiz qoldirmadik. Biz sizlarning og‘rig‘ingizni his qilyapmiz, chunki uni o‘zimiz ham his qilyapmiz.
Har bir qadamda biz bilan bo‘lganingiz uchun chin yurakdan rahmat", — deb yozdi Jeyms.