“Rektor kubogi” sohiblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida sportning futbol turi bo‘yicha fakultetlar talaba yigitlari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqa yakunlandi.
Shu munosabat bilan universitet sport majmuasiga talabalar jamoasi, yoshlar va futbol ixlosmandlari yig‘ildi.
[gallery-11463]
Ma’lumki, har o‘quv yilida mazkur oliy ta’lim dargohida 11 yo‘nalish va 5 ta sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalarini o‘tkazish an’ana tusini olgan.
bugungi tadbirda 2022/2023 o‘quv yili davomida tashkil etilgan barcha musobaqalar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Dastlab, NDKTU rektori, professor B. Mardonov so‘zga chiqib, barcha sportchilarni erishgan yutuqlari bilan qutladi. Musobaqalar g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA