Rekord qo‘yish navbati Messiga keldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi La liganing 27-turidan o‘rin olgan "Ueska" jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda raqib darvozasini ikki bora aniq nishonga oldi.
Shu tariqa Messi joriy mavsum Ispaniya chempionatidagi gollari sonini 22 taga yetkazib oldi. “ESPN” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Leo ketma-ket 13 mavsumdan buyon Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida 20 tadan ko‘p gol urib kelayotgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsum “Barselona” safida turli musobaqalarda jami 36 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 27 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.