Raqobat qo‘mitasi Ochiqlik siyosati ko‘rsatkichlari reytingida yuqori o‘rinni egalladi
Ochiqlik va shaffoflik — bugungi davlat boshqaruvining eng muhim mezonlaridan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, jamoatchilik ishonchi va samarali faoliyat aynan shu tamoyillarga tayanadi.
Ana shunday sharoitda Raqobat qo‘mitasining yuqori natijaga erishishi nafaqat bir tashkilot yutug‘i, balki ochiq davlat boshqaruvi yo‘lidagi izchil islohotlarning amaliy samarasi.
Respublika baholash komissiyasi natijalariga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi 2025-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha Ochiqlik indeksi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, davlat qo‘mitalari ichida 90,9 ball bilan 1- o‘rinni egalladi.
Raqobat qo‘mitasi keng jamoatchilikni va barcha manfaatdor tomonlarni Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash ustidan doimiy ishlab, uni muntazam takomillashtirib boradi. Bunday e’tirof Qo‘mitaning jamiyat oldidagi mas’uliyatga sodiqligi va uzluksiz mehnatining tasdig‘i.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi aholining uning faoliyatiga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
N.Rahmonova, O‘zA