Rajapov Shavkat Zaripbayevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusida
Rajapov Shavkat Zaripbayevichning 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 14 iyun kuni soat 09:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz