Qurbonov Nodirjon Buriboyevichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusida
Qurbonov Nodirjon Buriboyevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 16-aprel kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100151, Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy.
Tel.: (99873) 244-57-82
e-mail: info@fdu.uz