Qozog‘iston – YeI: hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha strategik maqsadlar belgilab olindi
Ostona shahrida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Arman Isetov va Yevropa Tashqi harakatlar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktor o‘rinbosari Odrone Perkauskene raisligida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Hamkorlik qo‘mitasi siyosiy konfiguratsiyasidagi 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qozog‘istondagi siyosiy islohotlar sur’ati, shuningdek samarali davlat boshqaruvi, sud islohoti va qonun ustuvorligi bo‘yicha muloqot muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikka, jumladan “Global Gateway” tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. – Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi transport-logistika aloqalarini mustahkamlash, yashil energiya va muhim xom ashyo yetkazib berish bo‘yicha sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha strategik maqsadlarni belgilab oldi, – deyilgan qardosh davlat TIV tarqatgan xabarda.
S.Rahimov, O‘zA