Qoraqalpog‘istonda tajriba tariqasida ilk marotaba no‘xat yetishtirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi «Qarabayli» mahallasi hududida joylashgan «Komil Yusupov» fermer xo‘jaligining 2 gektar maydonida no‘xatning «Malxotra» va «Baraka» navlari ilk bor tajriba-sinov tariqasida ekildi.
Mutaxassislar fikricha, ushbu dukkakli ekin Qoraqalpog‘istonning iqlim sharoitiga mos bo‘lib, suvni kam talab qiladi, issiq va sovuq havo haroratiga chidamliligi bilan ajralib turadi.
[gallery-30396]
Ayni paytda ekinlar yaxshi rivojlanib, hosilga kira boshlagan. Hosildorlik yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Kelgusida tajriba natijalari asosida no‘xat yetishtirish maydonlarini kengaytirish va uni boshqa tumanlardagi fermer xo‘jaliklarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA