Qolgandaryo yangi shaharchaga aylandi
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida qisqa muddatda obod bo‘lgan Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi Qolgandaryo mahallasida ayni paytda bayram shodiyonalari avj pallaga kirdi.
Bu yerda aholi uchun zarur bo‘lgan ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari yangidan bunyod etilgani qolgandaryoliklarni behad quvontirdi. Shuningdek, mahalla binosi, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy vrachlik punkti, bolalar maydonchasi zamonaviy qiyofa kasb etdi. Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tikuvchilik sexi kabi loyihalar aholining bandligini ta’minlashda alohida o‘ringa ega bo‘ldi.
[gallery-3736]
Qolgandaryoda bugungi kunda 667 ta xonadon mavjud bo‘lib, 3 ming 600 dan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Ahamiyatlisi, mahallada jalb etilgan yigirmaga yaqin tijorat banklarining xodimlari xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordilar. Natijada 261 ta xonadonga “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida 3 milliard 403 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA