Qishga siz qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?
Dolzarb mavzu
Bu savolga Sirdaryo viloyati “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiali direktori Abduxalil Haydarov quyidagicha javob berdi:


–Mavsumga tayyorgarlik doirasida viloyatda 1 731 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 715 dona transformator punkti joriy, 900,5 kilometr tarmoq va 322 ta transformator mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, viloyatdagi 102 ta mahallada olib borilgan rekonstruksiya ishlari davomida 4 652 dona temir-beton ustun, 248 kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 110 ta transformator punkti rekonstruksiya qilindi, ayrimlari yangilandi.


Elektr energiya ta’minotida kuzatilishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni bartaraf etish uchun 75 ta past kuchlanishli transformator, 20 tonna transformator moyi, 4,9 tonna ochiq sim, 16,8 kilometr kabel, 100 dona kabel muftalari, 567 dona rubilniklardan iborat qurilma va boshqa zarur materiallar zaxirasi yaratilgan.

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri